Ilm-fan

Nobel mukofoti tarixi va uning ahamiyati

1 daqiqa · Og‘abek Pirmamatov

Alfred Nobel (1833–1896) dinamit ixtirochisi sifatida tanilgan shved kimyogari va muhandisi edi. 1895-yilda Parijda imzolagan vasiyatnomasida u boyligining katta qismini insoniyatga eng katta foyda keltirganlarni taqdirlashga qoldirdi.

Birinchi mukofotlar 1901-yilda topshirilgan. Vasiyatnomada beshta yo‘nalish ko‘rsatilgan: fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot, adabiyot va tinchlik. Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot esa 1968-yilda Shvetsiya Markaziy banki tomonidan ta’sis etilgan va ilk bor 1969-yilda berilgan.

Mukofotlar har yili 10-dekabrda, Nobel vafot etgan kunda topshiriladi: tinchlik mukofoti Osloda, qolganlari Stokgolmda.

Mukofotning ahamiyati pul miqdorida emas. U fan va madaniyatdagi kashfiyotlarni keng jamoatchilikka tanitadi, yosh tadqiqotchilarga esa bitta g‘oya dunyoni o‘zgartira olishini eslatadi. “Nobelchilar” loyihasi ham shu hikoyalarni o‘zbek tilida yetkazishga xizmat qiladi.