Loyiha 01

Kompleks akkreditatsiya — AI yordamida monitoring va sifat nazorati

Quality Assurance · Data Analytics · AI

Akkreditatsiya nazorat paneli tasviri
  • 38 ta ta’lim dasturi
  • Rektor uchun nazorat paneli
  • AI yordamida hujjat tekshiruvi

Rolim

Universitetning davlat kompleks akkreditatsiyasiga tayyorgarligida barcha hujjatlarning umumiy monitoringi va sifat nazorati uchun mas’ulman.

Bajargan ishlarim

Akkreditatsiya mezon va indikatorlarini aniq cheklistga aylantirdim. Ta’lim dasturlarining tayyorlik holatini ko‘rsatuvchi nazorat paneli va rahbariyat uchun qaror varag‘ini yaratdim. Kafedralar topshirgan jadvallarni AI yordamida tekshirib, kamchiliklar bo‘yicha aniq hisobotlar tayyorladim.

Natija

Rahbariyat har bir dastur va jadval holatini bitta sahifada ko‘radi. Kamchiliklar erta aniqlanib, mas’ullarga aniq topshiriq sifatida yetkaziladi. Yondashuv boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham qo‘llanishi mumkin.

Universitetning ichki ma’lumotlari maxfiylik sababli keltirilmagan.