Loyiha 02

Xalqaro Nordik universiteti — Qabul kampaniyasini boshqarish

Strategik va operatsion boshqaruv

Xalqaro Nordik Universiteti binosi
  • 4 yilda 15 000+ talaba qabul qilingan
  • 60–70 nafarlik jamoa
  • 20 000 ta flyer

Rolim

Universitetning yillik qabul kampaniyasida universitet rahbariyatidan keyingi boshqaruv pog‘onasida faoliyat yuritib, 60–70 nafardan iborat jamoaning ishini boshqardim va muvofiqlashtirdim.

Bajargan ishlarim

Jamoa faoliyatini tashkil etish, vazifalar va resurslarni taqsimlash, operatsion jarayonlarni nazorat qilish, moliyaviy masalalarni hal etish, xarajatlar va tashkiliy ehtiyojlarni muvofiqlashtirish hamda marketing faoliyatini boshqarish bilan shug‘ullandim.

Natija

Keng ko‘lamli qabul kampaniyasining tashkiliy va operatsion jarayonlarini muvofiqlashtirishga rahbarlik qildim. Kampaniya doirasida 20 000 ta flyer, 500 ta xalqaro buklet va 700 ta B5 formatdagi reklama materiallari tayyorlanishini tashkil etdim.