Loyiha 08

Nordic App — Universitetning yagona raqamli platformasi

Product Development · Digital Ecosystem

  • MVP konsepsiyasi

Rolim

Universitet xizmatlarini yagona raqamli ekotizimga birlashtirishga qaratilgan mobil platforma konsepsiyasini ishlab chiqish tashabbuskori bo‘ldim.

Bajargan ishlarim

Platformaning MVP konsepsiyasi, funksional talablari va foydalanuvchi ehtiyojlarini shakllantirdim. Talabalar jadvali, shaxsiy kabinet, kontrakt holati, moliyaviy ma’lumotlar, kutubxona qarzdorligi va universitet yangiliklarini birlashtirishni rejalashtirdim.

Natija

Universitetning raqamli xizmatlarini markazlashtirishga qaratilgan mahsulot konsepsiyasi va dastlabki funksional arxitekturasini shakllantirdim.